Ilmiy ish eʼlonlari
Begijonov Jaxongir Otabek o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Milliy kulolchilik an’analari vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik didni tarbiyalash metodikasi” mavzusida
Begijonov Jaxongir Otabek o‘g‘lining 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Milliy kulolchilik an’analari vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik didni tarbiyalash metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.Ped.02.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 23-may kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100095, Toshkent shahar, Olmazor tumani Ziyo ko‘chasi, 6-uy. Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
Tel: (99855) 511-02-69; faks: (99855)511-02-69
e-mail: uzpfiti1@umail.uz, uzpfiti@exat.uz